Henley & Partners kompaniyasi har yili e’lon qilinuvchi xalqaro pasportlar indeksini yangiladi.
Ushbu indeks mamlakatlarning o‘z fuqarolariga taqdim etadigan o‘tib yurish erkinligi darajasi bo‘yicha reytingdir. Kompaniya barcha mamlakat va hududlarning viza rejimi qoidalarini o‘rganib chiqib, har bir mamlakat fuqarolari nechta mamlakatga viza rasmiylashtirmasdan turib tashrif buyura olishini aniqlaydi.
O‘zbekiston 2020-yilda avvalgi yangilanish bilan solishtirganda 5 pog‘ona pastlab 85-o‘rinni egalladi. Hozirda respublika fuqarolari 57 ta davlatga vizasiz borishlari mumkin.
Pasportlar reytingida Yaponiya yetakchilik qildi. Ushbu davlat fuqarolari vizani oldindan rasmiylashtirmasdan turib 191 mamlakatga bora oladi. Ikkinchi o‘rinni 190 mamlakatga bora olish imkoniyati bilan Singapur, uchinchi o‘rinni 189 mamlakat bilan Germaniya va Janubiy Koreya egalladi.
Quyida O‘zbekiston fuqarolari vizasiz borishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati keltirildi:
Osiyo
- Qozog‘iston
- Qirg‘iziston
- Tojikiston
- Indoneziya
- Malayziya
- Filippin
- Turkiya
Yevropa
- Belarus
- Moldova
- Rossiya
- Ukraina
- Armaniston
- Ozarbayjon
- Gruziya
Afrika
- Namibiya
Okeaniya
- Kuk orollari
- Mikroneziya
- Niue
Karib havzasi
- Antigua va Barbuda
- Barbados
- Dominika
- Gaiti
- Sent-Vinsent va Grenadinlar
Amerika
- Ekvador
Quyidagi davlatlarga borgandan keyin viza ochiladi:
- Eron
- Iordaniya
- Livan
- Suriya
- Kambodja
- Laos
- Makao
- Maldiv
- Nepal
- Shri-Lanka
- Tailand
- Sharqiy Timor
- Kabo-Verde orollari
- Komor orollari
- Gvineya-Bisau
- Keniya
- Madagaskar
- Mavritaniya
- Mavrikiy
- Mozambik
- Ruanda
- Senegal
- Seyshell
- Somali
- Togo
- Uganda
- Zimbabve
- Palau orollari
- Samoa
- Tuvalu
- Yamayka
- Boliviya
- Nikaragua
Manba: daryo.uz saytidan olindi
Comment (0)