Uzoq muddatli karantin davri hammani zeriktirgani aniq. Ayni vajdan bugun sizga asta-sekin chekinib borayotgan karantin davrida O‘zbekistondan sayohat qilish mumkin bo‘lgan sayohatbop davlatlar ro‘yhatini taqdim etamiz!
O‘zbekistondan sayohat uchun charter reyslar orqali o‘z eshiklarini ochgan davlatlar Dubay, Turkiya, Misr va Gruziya davlatlaridir.
Dubay dunyoning eng go‘zal sohilbo‘yi davlatlaridan biri. Dengiz suvida suzib, maftunkor qumtepaliklar va zamonaviy shahar ko‘rkidan huzur olishni istasangiz, demak, Dubai siz uchun eng yaxshi tanlov. Bir qarashda, Dubayga sayohat murakkab va qimmat tuyilishi mumkin, ammo bu siz o‘ylaganchalik qiyin ham, qimmat ham emas. Dubayga do‘stingiz yoki oilangiz bilan qilgan sayohatingiz sizga bir umrga esda qolarlik taassurotlar taqdim etishi aniq!
Turkiya o‘zining boy tarixiy jozibasi bilan diqqatga sazovor davlatlarda biri. Istanbulning tarixiy binolari, eski ko‘chalari va albatta turk milliy oshxonasining mazasi sizda ajoyib taasuurotlar qoldirishi aniq! Turkiyaning (Antaliya, Bodrum) go‘zal va betakror tabiati manzaralari har qanday mehmonning ko‘nglida Turkiyaga qayta-qayta tashrif buyurish istagini uyg‘otadi.
Misr – dunyoning yetti mo‘jizasiga kiruvchi piramidalar joylashgan davlat. Misr – tarixga qiziquvchilar uchun qiziqarli tarixga boy, quyosh nurida maroqli dam olishni istaganlar uchun esa mashhur plyajlari mavjud bo‘lgan davlat.
Gruziya – tabiati betakror va benihoya chiroyli davlat. Sayohatchilar Gruziyaning ertaknamo tabiat manzaralaridan va toza havosidan maroqli hordiq chiqaradilar.
Agar sizda ushbu davlatlardan birortasiga tashrif buyurish istagi tug‘ilgan bo‘lsa, u holda SalamTour jamoasi sizga eng arzon narxlarda ajoyib tatil taqdim etishdan charchamaydi. Eng asosiysi, ushbu davlatlarga sayohat chog‘ida ham karantin qoidalariga qo‘ldan kelgancha amal qilishni unutmang.
Comment (0)