Lavanda guli va uning bepayon bog’lari haqida eshitgan bo’lishingiz yokida ko’rgan b’lishingiz aniq! Ammo Lavanda turi haqida-chi, hech eshitganmisiz? Eshitgan bo’lsangiz u yurtimizda O’zbekistonda borligidan xabaringiz bormi?
Ha, yurtimizda Lavanda turi mavjud! Tur haqida gapirishdan oldin biz Lavanda haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni sizga taqdim etmoqchimiz.

Lavanda guli haqida

Lavanda guli – o’zining benihoya xushbo’y hidi bilan ajralib turuvchi go’zal o’simlik. U juda ko’p foydali xususiyatlarga egadir.

lavanda guli

– Afsonalarga ko’ra, qadimgi rimliklar xushbo’ylik va tozalik uchun hammomlariga lavanda qo’shib qo’yishgan. Siz ham hammom qabul qilishingizda lavandadan foydalanishingizni maslahat berib qolamiz Sababi uning xushbo’yligi juda yoqimli.
– Lavanda gulining efir moyi terini yoshartiruvchi va kuygan terini qayta tiklovchi xusisiyatga ega. Shuningdek, u sochlarimizga ham foydali ta’sir ko’rsatadi, singanlikni oldini oladi va qayizg’oqdan xalos qiladi.
– Lavanda gulini tabiiy xushbo’y suvenir deb atasa ham bo’ladi. Sababi u xonadongizni o’zining go’zalligi bilan ko’rkam ko’rsatish bilan birga xushbo’ylantiradi ham. Agar lavanda gulini yotoqingiz yoniga qo’yib qo’ysangiz, u uyqusizlikni tinchlantiradi va orom olib uxlashingiz juda katta yordam beradi.
– Lavandaning asali va damlamasi inson hayoti uchun foydasi katta.

lavanda guli

– Qirolicha Yelizaveta I ham lavandani juda yaxshi ko’rgan. Lavanda choyi uni og’ir migrendan xalos qilgan. Uning shohona stoli hech qachon lavanda murabbosisiz bo’lmagan va novvoylar hatto lavanda pishiriqlari retseptalarini ham ixtiro qilganlar.
– Fransiya, Italiya va Ispaniya davlatlarida lavandani salatlar, souslar va oshlarga qo’shishadi. Sabzavot va go’sht bilan birga pishiradilar. Xitoyda esa u ko’k choy va boshqa ichimliklarga lazzat sifatida qo’shiladi.
– Lavanda shakarini uy sharoitida olish usuli bu: lavanda gullarini shakarga solib qo’yib, idishni mahkam yopib, bir hafta kutasiz. Undan so’ng siz choy yoki oshpazlik mahsulotlariga xavfsiz tarzda qo’shilishi mumkin bo’lgan lavanda shakarini olsangiz bo’ladi.
– Ammo lavanta homilador ayollar uchun, ayniqsa dastlabki uch oyda mutlaqo ishlatish mumkin emas.

Lavanda turi

Ana endi mavzuni Lavanda turiga qaytaramiz! Yurtimizdagi Lavanda turi qadimiy shahrimiz bo’lgan Qo’qonda joylashgan. Lavanda turida siz bepoyon go’zal lavandalar orasiga tushasiz! U yerning go’zalligini ko’rib ko’zingiz qamashadi! Lavandalarning benihoya go’zal manzarasi sizni o’z og’ushiga tortadi, ajib hislar uyg’otadi. U yerda siz maroqli dam olib, o’z fikr va hayollaringiz bilan birga yolg’iz qolishga imkoniyatingiz bo’ladi. Turdan olgan ajoyib unitilmas taassurotlaringizni nafaqat xotirangizga, balki, tabiiy go’zal bo’lgan manzara fonida esdalik sur’atlarga tushib ham abadiy muhrlaysiz!

Shuningdek, Lavanda turi davomida siz Qo’qon shahrining qadimiy maskanlariga tashrif buyurishingiz mumkin!

Qo’qon shahri

Qo’qon shahri – Buyuk Ipak yo’lining eng buyuk shahri Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida joylashgan. Qo’qon shahri o’z tarixi bilan mashhur. Shahar hashamatli yodgorliklarga va ulug‘vor madrasalarga boy va bu ajablanarli emas, sababi Qo‘qon ilm-fan rivojlanishining markazi hisoblanadi. Qo’qonga borganingizda ushbu diqqatga sazovor joylarni ko‘rishni aslo unutmang:

  • Xudoyorxon saroyi,
  • Jomiy masjidi,
  • Modarixon maqbarasi,
  • Norbut-biya madrasasi,
  • Qo‘qon xonlarining maqbarasi
  • Dahma-i Shahan.

 

Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)