Tovoqsoy Toshkent shahridan unchalik uzoq bo’lmagan joyda, Bo’stonliq tumanida, Tavaksoy tog’ vodiysi joylashgan. Ushbu chegara hududi o’zining tog’li go’zalligi bilan mashhur. Shuningdek, bu yerda balandligi 40 metr bo’lgan bir nechta sharshara mavjud. Ba’zan bunday kichik tog’larda shunday ulug’vor sharsharalar bo’lishi mumkinligiga ishonolmaysiz kishi. Ushbu joy shahar tashqarisida dam olishni sevuvchilar uchun juda mos keladi. U yer jozibali va tinch osoyushtadir.

Sharsharalarga yetib borish uchun taxminan 4 soat vaqt ketadi. Shuni ham eslatib o’tamizki, ruxsatnomasiz odamlar bu hududga kirishi qat’iyan taqiqlanadi.

Tovoqsoy qishlog’iga borish qiyin bo’lmaydi, poytaxtdan atigi 50 km uzoqlikda joylashgan. Poyezd orqali safaringizni boshlaysiz, va bir yarim soatdan keyin manzilingizga yetib borasiz. Tovoqsoy qishlog’idagi mahalliy aholining asosiy qismini qozoqlar tashkil etib, ularning aksariyati chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanadilar.

Qishloqga yetib kelganingizdan so’ng, yana yo’lga tushishingiz kerak bo’ladi. Bu galgi yo’l ozgina uzoqroq va ogirroq bo’ladi. Sababi, tog’ yo’llarining notekis yo’llaridan yurasiz. Taxminan 2 kilometrdan keyin qarama-qarshi tomonda Tuya Tog’ining ko’rinishini ko’rasiz. U yerda o’z xohishingizga qarab, Tuya tog’ini aylanishingiz, parvoz qilayotgan burgutlarniva betkror tabiatini tomosha qilishingiz va qisqa dam olishingiz mumkin bo’ladi. So’ng, juda uzoq masofani bosib o’tib, go’zal Tovoqsoy sharsharasiga yetib borasiz.

Tog’dan tushganingizda biz hayratlanarli manzarani, ulkan darani va sharsharani ko’rasiz. Bu joy shunchaki go’zalligi bilan insonni hayratga soladi. Ayrimlar Tovoqsoyni AQSHdagi Kolorado daryosi oqib o‘tadigan Katta Kanonga o‘xshatishadi. Balandligi 30-40 metrlik tik qoyalarning usti yassi. O‘rtadan esa Tovoqsoy daryosi kelib, kanonga quyiladi va eng baland sharsharani hosil qiladi. Aniqog’i juda jozibali sharsharani hosil qiladi. Yaratganning go‘zal yaratiqlari oldida lol qolmay iloj yo’q. Bu go’zalliklar, ajoyib manzaralar ancha vaqt sizning xotirangizda muhrlanib qolishiga aminmiz.

Tovoqsoyga sayohat qiling, tabiatda dam oling va tabiatni seving! Tez va osonlik bilan veb-saytimizdagi sayohatlar bron qiling. Bizning veb-saytimizda sizga o’zingizga mos keluvchi ko’plab sayohatlarni topasiz. Masalan, hozirda bizda Turkiya, Gruziya, Misr va Dubay uchun ko’plab sayohatlarimiz mavjud.

Biz bilan bog’lanish: +998903261137 (Telegram)