Lavanda guli va uning bepayon bog’lari haqida eshitgan bo’lishingiz yokida ko’rgan b’lishingiz aniq! Ammo Lavanda turi haqida-chi, hech eshitganmisiz? Eshitgan bo’lsangiz u yurtimizda O’zbekistonda borligidan xabaringiz bormi?
Ha, yurtimizda Lavanda turi mavjud! Tur haqida gapirishdan oldin biz Lavanda haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni sizga taqdim etmoqchimiz.
Lavanda guli haqida
Lavanda guli – o’zining benihoya xushbo’y hidi bilan ajralib turuvchi go’zal o’simlik. U juda ko’p foydali xususiyatlarga egadir. Tabiiy muhitda lavanta O’rta yer dengizi sohillarida, Kanar orollarida, Yevropaning janubida, Hindiston va Arabistonda, Afrikaning shimoli-sharqida o’sadi. Rossiya hududida, Kavkazning Qora dengiz qirg’og’ida Lavanda bog’lari joylashgan. Lavandaning ko’pgina turlari va navlari iqlimli har xil bo’lgan hududlarga ham moslashtirilgan.
Juda ko’p insonlar nafaqat bog’ni bezatish yoki sanoat miqyosida xom ashyo sifatida, balki dorivor o’simlik sifatida ham ochiq havoda lavanda etishtirishadi.
Lavanda efir moyi uzoq vaqtlardan beri ko’plab kasalliklarni davolashda ishlatilib kelinadi. Lavanda choyi – qadim zamonlardan bosh og’rig’ining davosidir.
Qiqizarli ma’lumotlar:
– Afsonalarga ko’ra, qadimgi rimliklar xushbo’ylik va tozalik uchun hammomlariga lavanda qo’shib qo’yishgan. Siz ham hammom qabul qilishingizda lavandadan foydalanishingizni maslahat berib qolamiz Sababi uning xushbo’yligi juda yoqimli.
– Lavanda gulining efir moyi terini yoshartiruvchi va kuygan terini qayta tiklovchi xusisiyatga ega. Shuningdek, u sochlarimizga ham foydali ta’sir ko’rsatadi, singanlikni oldini oladi va qayizg’oqdan xalos qiladi. Lavanda yog’idan foydalanish juda keng tarqalgan bo’lib, u ko’p foydali xususiyatlarga ega bo’lganligi tufayli o’simlik turli xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
– Lavanda gulini tabiiy xushbo’y suvenir deb atasa ham bo’ladi. Sababi u xonadongizni o’zining go’zalligi bilan ko’rkam ko’rsatish bilan birga xushbo’ylantiradi ham. Agar lavanda gulini yotoqingiz yoniga qo’yib qo’ysangiz, u uyqusizlikni tinchlantiradi va orom olib uxlashingiz juda katta yordam beradi.
– Lavandaning asali va damlamasi inson hayoti uchun foydasi katta.
– Qirolicha Yelizaveta I ham lavandani juda yaxshi ko’rgan. Lavanda choyi uni og’ir migrendan xalos qilgan. Uning shohona stoli hech qachon lavanda murabbosisiz bo’lmagan va novvoylar hatto lavanda pishiriqlari retseptalarini ham ixtiro qilganlar.
– Fransiya, Italiya va Ispaniya davlatlarida lavandani salatlar, souslar va oshlarga qo’shishadi. Sabzavot va go’sht bilan birga pishiradilar. Xitoyda esa u ko’k choy va boshqa ichimliklarga lazzat sifatida qo’shiladi.
– Lavanda shakarini uy sharoitida olish usuli bu: lavanda gullarini shakarga solib qo’yib, idishni mahkam yopib, bir hafta kutasiz. Undan so’ng siz choy yoki oshpazlik mahsulotlariga xavfsiz tarzda qo’shilishi mumkin bo’lgan lavanda shakarini olsangiz bo’ladi.
– Ammo lavanta homilador ayollar uchun, ayniqsa dastlabki uch oyda mutlaqo ishlatish mumkin emas.
Lavanda turlari:
Fransuz lavanda guli eng dekorativlardan biri hisoblanadi. Aynan shu tur asosida lavandaning ko’plab ajoyib navlari olingan. Bunday lavandaning eng mashhur pastki turlaridan biri bu “kapalak” yoki “papillon” – Lavandula stoechas pedunculata hisoblanadi. Uning xushbo’y gullari g’ayrioddiy shakli bilan ajralib turadi, bu haqiqatan ham gullab-yashnagan haqiqiy kapalaklarga o’xshaydi. Fransuz turlarining eng mashhur navlari orasida:
- Yellow Vale – barglari sariq-yashil, inflorescences boy binafsha rangga ega, gullari qizil rangga bo’yalgan.
- Regal Splendor – chuqur binafsha rangning gullari.
- Rocky Road – moviysimon bo’lib, gullari katta. So’nggi navlardan biri hisoblanadi. Ular iyulga yaqinroq ko’rinadi.
- Tiara – ko’k rangli qalin gullar va gullari qaymoqrang.
- Helmsdale – bu nav to’q qizil rangga ega.
Lavanda gullari haqida yana qisqacha
Gulning ildiz tizimi kuchli, muhim va yog’ochli bo’lib, poyalari tarvaqaylab ketgan, yoyilgan, tik, tetraedral. Barglari cho’zilgan, tor, chiziqli, cho’zinchoq, qattiq yoki tishli qirrali, qarama-qarshi, o’tiradigan, qirralari burmalangan bo’ladi.
Tabiatda lavanda gullari ko’k yoki binafsha ranglarda bo’ladi. Gulning ko’plab navlari turli xil ranglarga ega. O’simlik yozning ikkinchi yarmida gullaydi. Gullashdan keyin lavanda urug’lari hosil bo’ladi – quyuq jigarrang rangli zich quruq oval urug’i.
Lavanda gulining ba’zi turlari bardoshli hisoblanadi. Ular – 25C gacha bo’lgan haroratga bardosh berishga qodir, ammo tajribali bog’bonlar har qanday holatda ham butalarni sovuq urmaslik uchun ustini yopib qo’yishni tavsiya etdi. Lavandani qishga tayyorlash mavsum oxirida daraxtlarning shoxlari qo’yilgan butalar kesilganidan so’ng boshlanadi. To’shaklarni tushgan barglar bilan yopmang, ularning ostida butalar chirishi mumkin.
Lavanda choyi
Lavanda choyi ko’plab kasalliklarni davolashda ko’p qirrali sog’liqni tiklovchi vositasi hisoblanadi. Lavanda choyini aksariyat bosh og’rig’i, asabiy charchoqlik va qo’zg’aluvchanlik bilan bezovta bo’ladigan insonlar ichadi. Bu dam olish va uyqusizlikni yengillashtirishga yordam beradi. Lavanda choyini is’temol qilgan ayollar va qizlar hayz paytlarida ko’ngil aynishi va og’riq kamayganligi haqida xabar qilishadi.
Klassik lavanda choyi ikki osh qoshiq quritilgan gul va bir stakan qaynoq suvdan tayyorlanadi. 10 – 15 daqiqa davomida ichimlikni talab qilish kerak. Bunday ichimliklarni doimiy ichish bilan ovora bo’lib qolmang, aks holda mahalliy allergik reaksiyalar, shuningdek hazmsizlik ham paydo bo’lishi mumkin. Ushbu choyning kunlik normasi kuniga 2 – 3 stakandan ko’p emas.
Xalq tabobatida quritilgan va yangi yig’ilgan lavanda ichki va tashqi foydalanish uchun buyuriladi. Turli yuqumli kasalliklar, uyqusizlik, turli xil asab kasalliklari, nafas olish yo’llari kasalliklari, oshqozon-ichak traktining buzilishi, ayollarning reproduktiv tizimi kasalliklari va yana boshqa bir qancha kasalliklar uchun lavanda infuzioni va damlamasi buyuriladi.
Lavanda bog’iga tur
Ana endi mavzuni Lavanda turiga qaytaramiz! Yurtimizdagi Lavanda turi qadimiy shahrimiz bo’lgan Qo’qonda joylashgan. Lavanda turida siz bepoyon go’zal lavanda gullari orasiga tushasiz! U yerning go’zalligini ko’rib ko’zingiz qamashadi! Lavandalarning benihoya go’zal manzarasi sizni o’z og’ushiga tortadi, ajib hislar uyg’otadi. U yerda siz maroqli dam olib, o’z fikr va hayollaringiz bilan birga yolg’iz qolishga imkoniyatingiz bo’ladi. Turdan olgan ajoyib unitilmas taassurotlaringizni nafaqat xotirangizga, balki, tabiiy go’zal bo’lgan manzara fonida esdalik sur’atlarga tushib ham abadiy muhrlaysiz! Ishonchimiz komil-ki, siz bu turlarda Dubay va boshqa davlatlardagi sayohatlarga borib kelgandan ham yaxshiroq dam olasiz!
Shuningdek, Lavanda turi davomida siz Qo’qon shahrining qadimiy maskanlariga tashrif buyurishingiz mumkin!
Qo’qon shahri
Qo’qon shahri – Buyuk Ipak yo’lining eng buyuk shahri Farg’ona vodiysining g’arbiy qismida joylashgan. Qo’qon shahri o’z tarixi bilan mashhur. Shahar hashamatli yodgorliklarga va ulug‘vor madrasalarga boy va bu ajablanarli emas, sababi Qo‘qon ilm-fan rivojlanishining markazi hisoblanadi. Qo’qonga borganingizda ushbu diqqatga sazovor joylarni ko‘rishni aslo unutmang:
- Xudoyorxon saroyi,
- Jomiy masjidi,
- Modarixon maqbarasi,
- Norbut-biya madrasasi,
- Qo‘qon xonlarining maqbarasi
- Dahma-i Shahan.
Qo‘qon bo’ylab sayohatni boshlaganingizda, o’zingiz bilan kattaroq chamadon olib oling, sababi Qo’qon O‘zbekiston hunarmandchiligining poytaxti hisoblanadi! Bu yerda siz deyarli o’zingiz istagan hamma narsani topishingiz mumkin! O‘ziga xos loydan tayyorlangan buyumlarni sotib olishni istaysizmi? Marhamat!) Qo’qonda kulolchilik ustaxonalari sonining hisobi yo‘q. Qo’l mehnatini qadrlovchilar va yaxshi ko’ruvchilarga albatta Qo’qonga borishlarini maslahat berib qolamiz!
Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)
Comment (0)