Ugam Chotqol milliy bog’ining yana bir marvaridi bu dengiz sathidan 1700 metr balandlikda joylashgan Bodoq ko’li.

Ugam Chotqol milliy bog’ining yana bir marvaridi bo’lgan Bodoq ko’li haqida

Bodoq ko’li – bu, siz u yerda necha bor bo’lganingnizni ahamiyati bo’lmay, qayta va qayta borishni xohlaydigan joy. Ajablanarli darajada chiroyli ko’l! Avtomobil yo’lining atrofi ajoyib manzaralarga boy! Ushbu ko’l – Ugam Chotqol tog’ tizmasida joylashgan. Asl nomi Bodoq (baytak) bo’lib, bu so’zning kelib chiqishi turkchadan “keng” ma’nosini anglatadi. Agar siz to’g’onga chiqsangiz, darhol ko’lning Sharqdan G’arbgacha bir kilometrdan ko’proq cho’zilganini va kengligi 200 metrdan oshganini ko’rishingiz mumkin. Ko’l kunning vaqtiga qarab rangni o’zgartiradigan g’ayrioddiy xususiyatga ega. Erta tongda u ko’k-yashil, tushga yaqin moviy, quyosh botganda esa kumush rangga aylanadi. Bodoq ko’li, shuningdek, eng katta tog’ ko’llaridan biri va Katta Ihnachkul ko’lidan keyingi o’rindagi eng katta suv omboridir. Ko’lda yashovchilarni va odamlarni sudrab ketuvchi “Deva” afsonasi ham shu ko’l bilan bog’liq. Shu sababli mahalliy aholi undan qochishadi. Ko’lgacha bo’lgan masofa atigi 10 km ni tashkil qiladi, ammo to’g’onga uzoq ko’tarilish tufayli hamma ham unga erisha olmaydi. Ammo ko’lning o’ziga yetib borishdan oldin, kichik ko’llar (daryoning orqa tomoni) bor va shu joylarning yaqin atroflarida dam olish uchun ko’plab soyali joylar mavjud.

Bodoq ko’li xususiyatlari:

– dengiz sathidan balandlik – 1700 m
– suv yig’ish maydoni – 34,7 km2
– suv sathining maydoni – 0,310 km2
– Bodoq ko’li hajmi-4,200 million m3
– uzunligi – 1130 km
– o’rtacha kengligi – 0,274 km
– maksimal chuqurlik – 23,2 m

Tog’lar – har doim bizga hayajonli tassurotlar, unutilmas hislar va yoqimli xotiralar tqadim etadi. Siz tog’da bir kun emas, bir kundan ko’proq vaqt o’tkazing … kamida ikki kun. U yerda gulxan atrofida suhbatlar qurib, tungi osmon, yulduzlar, Perseid meteor yomg’iri, turli xil o’simliklarning ajib iforlari va ajoyib havo siz uchun unutilmas xotiralarga aylanadi. Qadimgi tarix qoyalarda muzlagan Bodoq ko’li bo’ylab ikki kunlik sayohat. Bu yerda siz tog’larimiz millionlab yillar oldin dengiz suvi ostida dam olganini ko’rishingiz mumkin. Uzoqdan Ugam tog’lari tizmasi ko’rinadi. Va Urungach (Nefrit) ko’llari ham shu yerda joylashgan.

Shoshiling, biz bilan Bodoq ko’liga sayohat qiling. Hammasi arzon narxlarda!

Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)