Arashan ko‘li Qamchiq dovoni yaqinidagi qishloqda joylashgan bo’lib, Arashan ko‘llari tizimiga 4 ta ko‘l kiradi, bular: Arashan, Xo‘ja Arashan, Katta va Kichik arashanlar.
Katta Arashan
Katta Arashan ko‘lining uzunligi 750 metrni, kengligi esa 250 metrni tashkil etadi. Ko’llarning yonida oltingugurt-vodorodli chashma mavjud bo‘lib, mavsumdan qat’iy nazar, suvi doimiy 36,70S haroratni saqlaydi.
Dengiz sathidan 2700-3400 metr balandlikda joylashgan Arashan ko‘llarini zabt etish oson ish emas. Ammo ushbu ertaknamo go‘zal tabiatni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rganingizdan keyin, har bir o’zbekistonlik bu yerni albatta ko‘rishi kerak degan fikrga kelishingiz turgan gap.
Sekin astalik bilan yurtimizdagi sayohat agentliklar bu ko’llarga turlar uyushtira boshlashdi. Arashan ko’llari turlarida Toshkentdan saxar soat 5:00 da Vodiy tomonga qarab yo‘lga chiqiladi. 132 kilometr yurilgandan so’ng, Qamchiq dovonidagi yo‘lning bo‘yida joylashgan masjiddan o‘tib, Ertosh qishlog‘iga kelinadi. Qishloqqa kirishda Favqulotda Vaziyatlar Vazirligi bo‘limi hamda harbiy qism vaziyatni nazoratga olish uchun o’sha yerda turadi. Shu yerdan 4×4 Nivalar 56 kilometrlik notekis tog‘ yo‘llari bo‘ylab, sizni manzilga yetkazib qo’yadi.
Ertosh qishlog’i
Ertosh qishlog’idan bo’lgan mahalliy haydovchining gaplariga ko’ra, bir mashina 450 000 – 500 000 so‘mga sizni qishloqdan ko‘llargacha olib borib qo’yadi va kechgacha sizlarni o‘sha yerda kutib, qaytib olib borib qo‘yadi.
Ertosh qishlog’ida 400 oila yashaydi. Arashan ko‘llari oxirgi yillarda vodiydan kelib dam oluvchilar uchun sevimli maskan bo‘lib qolganligi sababli, daraxtzorlar orasida joylashgan so’lim Ertosh qishlog’i yozda doimo mehmonlar bilan gavjum bo‘ladi. Qishloqdagi deyarli barcha xonadon o’z uyiga mehmon qo’yadi. Xonadon egalari kishi boshiga 15000 so‘mdan olisharkan. Bu narx – yotoq, so‘ri, ovqat qilish uchun va mashina qo‘yish uchun joyni o‘z ichiga oladi.
Ertosh qishlog‘iga kirmasdan chap tomonga, tog‘ yo‘li bo‘ylab yurilsa Arashanga boriladi. Tog‘ yo‘lining notekisligi sababli ko‘llargacha bo’lgan 56 kilometrlik masofa o’rtacha 3,5-4 soatlarda bosib o‘tiladi. Yoz o‘rtasi bo‘lishiga qaramasdan tog’ning atrofi ko‘m-ko‘k bo’lganligi va yo’l bo’yi chechaklar ochilib turganligi sababli, go’zal tabiatdan zavq olib, uni tomosha qilib 3,5-4 soatlik yo’lni qanday bosib o’tib qo’yganligingizni bilmay ham qolasiz. Tog‘ yo‘lining manzarasi har bir sayohatchini bahri dilini ochishi turgan gap.
Arashan ko‘llariga yetmasdan suvining harorati yil bo‘yi doimo 36.7 gradus bo‘lib turuvchi oltingugurt-vodorodli geotermal buloq mavjud. Mahalliy ziyoratchilarning aksariyat qismi shu buloqda cho‘milish uchun bu yerga tashrif buyurishadi va ularning asosiy qismi vodiyliklarni tashkil etadi. Buloq atrofida 7-8 tacha palatkalar mavjud. Aytishlaricha, buloqning suvi oshqozon-ichak kasallik hamda teri kasalliklari uchun davo bo’lar ekan.
Buloq yoqasida 2×4 metrlik ikkita hovuz bor bo’lib. hovuzning chuqurligi 60 sm tashkil etadi. Buloqdan doimo suv chiqib turganligi sababli hovuzning suvi doimiy yangilanib turadi.
Rivoyatlar
Rivoyatlarning biriga ko‘ra, ushbu hovuz o‘tmishdagi hukmronlardan birining buyrug‘i bilan qurdirilgan va bu hovuzga davolanish uchun tez-tez kelib turishgan.
Buloqdan teparoqda tosh qabr mavjud. Tosh qabr tog‘ echkisining shoxi bilan bezatilgan bo’lib, so’fiy Arashan boboning mozori deb ataladi. Ammo tarixda Arashan bobo deb atalgan so’fiy o’tganligi haqida ma’lumotlar mavjud emas.
“Arashan” so‘zining ma’nosi Professor Konstantin Yudaxinning yozishicha “shifobaxsh buloq, qaynar buloq”degan ma’nolarni anglatadi. Arashan ko‘llar tizimiga 6 ta ko’l kiradi. Ular: Arashan (Uzunko‘l), Xo‘ja Arashan, Kichik Arashan, Yuqori Arashan va ikkita muzli ko‘l. Ko’llar dengiz sathidan 2774 metrdan 3365 metr balandlikda joylashgan bo’lib, barchasi daryo tipidagi yuqori tog‘li ko‘llar hisoblanadi. Ko’larning orasida eng kichigi Xo‘ja Arashan hisoblanadi. Ko’l havo isishi bilan quriy boshlaydi.
Ko‘l havosi juda musaffo va bahavo bo’lib, u yerda doimo mayin shabada esib turadi. Hali qori to’liq erib bo’lmagan tog’lardagi yam-yashil o’tloqlarni va Chotqol vodiysini tomosha qilib ko’nglingiz zavqlanadi.
Xo‘ja Arashanning ro‘parasida Katta Arashan ko‘li dengiz sathidan 2770 metr balandlikda joylashgan. Ko‘lning uzunligi 1 kilometrni, eng keng joyi esa 250 metrni tashkil qiladi. Mashinalar sayohatchilarni narigi qirg‘oqga olib o’tish uchun ko‘lning eng sayoz joylaridan yuradi, va ming afsuski bu yer mashinalar bora oladigan so‘nggi manzil hisoblanadi.
Ko‘lning qarshisida ulkan shag‘al uyumi bor bo’lib, u oppoq qum-shag‘allardan tashkil topgan. Ushbu ulkan uyumni ilk marta ko‘rgan inson muz deb o‘ylashi aniq. U qor ko‘chishi yoki ulkan sel natijasida hosil bo‘lgan ekan.
Kichik Arashan
Bundan so’ng, tepalik tomon yana ozgina chiqilsa, dengiz sathidan 2880 metr balandlikdagi Kichik Arashan ko‘li keladi. Kichik Arashan ko‘li to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo’lib, go’yoki ko’lni insonlar ataylab tekislab chiqqanga o‘xshaydi. So‘qmoqlar bo‘ylab biroz yuqoriga chiqsangiz, Yuqori Arashan ko’liga yetib borasiz. Ko‘lning hajmi pastdagi Katta Arashan ko’li bilan deyarli teng.
Shunday qilib, navbat muzli ko’llarga keladi. U yerga borish uchun baland tog‘dan oshib, bir tepalikdan o’tasiz va shu tepalik orqasidan muzli ko’llarni topasiz. Manzilga yetish uchun 1,5-2 soatlar ketadi. Baland tog‘ga chiqganingizda benihoya go’zal manzaraning guvohi bo’lasiz. Tog’da tepasida arashan ko’llaring barchasi Arashan (Uzunko‘l), Xo‘ja Arashan, Kichik Arashan, Yuqori Arashanlar kaftdek namoyon bo‘ladi. Tikka tog‘ toshlari orasidan amallab cho‘qqiga chiqib olganingizdan so’ng, u yerdagi betakror tabiat manzarasini hamda ko‘zingizni qamashtiruvchi muzli ko’llarni ko’rishingiz bilan barcha charchoqlaringiz unut bo’lib ketadi.
Yaratganning benihoya go‘zal yaratiqlari insonlarni doimo lol qoldiradi… Dunyo keng, dunyo go‘zal. Siz ham Yaratganning bu go’zalligini ko’rishingizni chin dildan xohlagan bo’lar edik. Bu manzaralar uzoq yillar sizning ko‘z oldingizdan ketmasligiga ishonamiz!
Qisqacha
Bu kabi go’zal tog’ manzarali maskanlar O’zbekistonda juda ko’p. Ammo ming afsuslar bo’lsinki, ular hali hanuzgacha sirligicha qolib ketmoqda. Misol qilib olsak, ushbu Arashan ko’llari borligini ham yurdoshlarimiz o’tgan yili yoki undan oldingi yil xabar topishdi. Xabar topganlarning aksariyatini vodiylar tashkil etadi. Lekin hali bu ko’llar haqida sekin astalik bilan butun O’zbekiston xabar topadi!
Yana misol qilib, Nefrit ko’lini olsak bo’ladi. Nefrit ko’li haqida o’sha yerga yaqin joyda istiqomat qiladigan aholidan boshqa deyarli hech kim bilmas edi. Mana shu 2 3 yil ichida bu ko’l haqida sayohat sevarlar xabar topishdi va ko’lning go’zalligi sayohatsevarlarni befarq qoldirmadi. Ushbu yil Nefrit ko’li haqida juda ko’p yurtdoshlarimiz xabar topishganligini guvohi bo’ldik. Sababi, bizning tur kompaniyamizga Nefrit (Urungach) ko’liga sayohat uchun ko’plab murojaatlar tushdi. Va kompaniyamiz tomonidan ko’lga sayohatchilar uchun tinimsiz turlar uyushtirildi. Va Urungach ko’li hech qachon bu yilgidey gavjum bo’lmaganligi aniq!
Bunday go’zalliklar dunyoda cheksiz! Sayohat qilish uchun, dunyo kezish uchun shoshiling! Biz bilan birga bo’ling!
Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)
Comment (0)