Botanika sanatoriyasi – bu Toshkent shahridan 30 km uzoqlikda, Tyan-Shan etaklarida, dengiz sathidan 570 metr balandlikda joylashgan iqlimiy va balneologik kurort.
Kontinental iqlim, quyoshning nurliligi va toza havo klimatoterapiya uchun qulay sharoit yaratadi. Iqlim bilan bir qatorda boy tabiiy shifobaxsh omillardan foydalaniladi: termal, xlorid-gidrokarbonat natriy suvlari ichimlikni davolash uchun, vannalar, terapevtik dush, ichakni sug’orish va oshqozonni yuvish.
Botanika sanatoriyasi kardiologik, nevrologik kasalliklarga shuningdek, osh-qozon ichak yo’li kasalliklariga chalingan dam oluvchilarchilarni sog’lomlashtirish uchun ixtisoslashtirilgan.
Zamonaviy tashxislash xizmati faoliyat ko’rsatadi. Davolash omilllari: iqlim sharoiti, kam minerallashgan termal suv iste’mol qilish, vannalar qabu qilish, oshqozon va ichakni yuvish uchun foydalaniladi. Shuningdek, shifobaxsh balchiq, parafin ozokerit, lazer terapiyasi, gidroaeroionlash, davolovchi jismoniy tarbiya, uqalash va parxez bilan davolash qo’llaniladi. Fitobar mavjud.
Botanika sanatoriyasi Natriy xloridli suv yurak-qon tomir, asab tizimlari, oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi, yuqori qon bosimini pasaytiradi.
Mineral suvlardan tashqari, Jizzax viloyatining Balikli ko’lidan terapevtik loy, ilova va galvanik loy shaklida ham qo’llaniladi.
Quyoshning nurliligi, havoning tozaligi, shifobaxsh suv va shifobaxsh balchiq nevrologik va oshqozon-ichak kasalliklariga chalingan bemorlarning sog’lig’ini tiklash uchun qulaydir.
Bundan tashqari, Botanika sanatoriyasi terapevtik maqsadlarda bemorlar uchun quyidagilarni qo’llaydi: mashqlar bilan davolash, massaj, psixoterapiya, akupunktur, gidroaeroizatsiya, ozokerit bilan parafin, tibbiy ovqatlanish. Dorivor va vitaminlangan kokteyllarning turli xil assortimentiga ega fito-bar mavjud.
Yotoqxona binolari bitta va ikki kishilik palatalar bilan jihozlangan. U yerda: ota-onalari bilan birga bo’lgan 4 yoshdan oshgan bolalar uchun bo’lim va keksalar uchun bo’lim mavjud.
Sanatoriyaning kutubxona, klub, diskoteka, stol tennisi va billiard xonasi doimo bemorlar xizmatida bo’ladi. Qo’shimcha xizmatlarga sharqiy choyxona, fotografiya xizmatlari, ayollar va erkaklar sartaroshxonalari, aloqa markazi, avtoturargoh va boshqalar kiradi. Davolanuvchilarning xohish talablariga qarab ekskursiyalar tashkil etiladi. Sanatoriyada siz davolanish vaqtida xohishinggizga qarab, Amirsoy, Bildirsoy va Chimyonga sayohat uyushtirishingiz ham mumkin hisoblanadi.
Sanatoriyaning xona turi – standart 1 kishilik va 2 kishilik xonalar, ona va bola uchun xonalar hamda 2 kishilik lyuks xonalardan tashkil topgan.
Botanika sanatoriyasi yo’llanma narxi o’z ichiga:
– Yotoqxona;
– Kuniga 3 mahal ovqatlanish;
– Davolanish muolajalarini oladi.
Botanika sanatoriyasi – davolanishni xohlovchilar uchun muhim eslatmalar!
– Sanatoriyada davolanish uchun kurort kartasini rasmiylashtirish kerak. Agar bemorda sanatoriy-kurort kartasi bo’lmasa, uni sanatoriyada pullik ravishda berish mumkin.
– Sanatoriya chet el fuqarolari uchun ro’yxatdan o’tishni amalga oshiradi!
– Yo’llanma kamida 10 kun uchun beriladi.
– O’zbekistonning sanatoriylarida bolalar 4 yoshida qabul qilinadi.
– Narxlar mavsumga qarab farq qilishi mumkin.
Mijozlar yuqori malakali shifokorlar tomonidan davolanadilar. Sihatgohning samimiy tibbiyot hodimlari mijozlar uchun beminnat xizmat ko’rsatishadi.
Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)
Comment (0)