Ochiq osmon ostidagi muzey deya e’tirof etiladigan Boysun tumani o’zining ziyoratgohi, tarixiy qadamjolari balki insonni hayratlantiradigan maskanlari bilan ham alohida ajralib turadi. Boysun tumani Padang qishlog’ida “Boysun bahori” xalqaro etnografik festivali o’tkaziladi.
Yurtimizda go’zal tabiatli maskanlarimiz talaygina. Ming afsuski, bunday joylar hali haligacha sirli maskanlar bo’lib qolmoqda.
Siz u yerdagi magnitli tog’ haqida eshitganmisiz?
Insonni hayratga soluvchi bu magnitli tog’ Padang qishlog‘idan 8 km narida joylashgan. Ushbu hudud xaritalarda 36°16’55.55″ shimoliy kenglik, 67°14’52.69″ sharqiy uzunlikda belgilangan. Mahalliy aholi bu yerni “magnitli joy” deb atashadi. Mashinaning tormozi bosilmasa yuqoridan tushayotgan mashina yana tepaga qaytib ketadi. Yo‘lga suv quyilganda — suv ham tepaga qarab oqa boshlaydi.
Inson lol qoldiruvchi bu sinoatning sababi nimada ekan?
Optik illyuziyami yoki anomaliya?
Bunga faqat mutaxassislargina javob bera olishi mumkin.
Tog’ning go’zal manzarasi, musaffo havosi va tabiati barcha uchun birdey yoqimli bo’lishi aniq. Siz tog’ga yilning istalgan paytida tashrif buyurishingiz mumkin. U yerda siz oilaviy pikniklar uyushtirishingiz va tabiat qo’ynida sayr qilishingiz ham mumkin. Agar sizga tog’ning musaffo havosi manzur bo’lib, yana bir necha kun qolishni xohlasangiz, Padang qishlog’ida yashovchi yurtdoshlarimizdan xonadonini ijaraga olishingiz mumkin.
Xullasi kalom, bunday hayratomus tog’ haqida ming marta eshitgandan ko’ra, bir marta ko’rgan avzal. Shuning uchun, biz sizga bu tog’ga borishingizni maslahat berib qolamiz.)
Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)
Comment (0)