Dubay Marina (Dubai Marina) – har bir sayyoh ko’rishga oshiqqan maskan bo’lib, BAA poytaxtining tumanlaridan biridir. Dubay Marina – bu yangi Dubayning markazida joylashgan hudud bo’lib, shaharning g’arbiy qismida, Jebel Ali va Al-Sufouh tumanlari o’rtasida joylashgan. 40 yil oldin, Dubay atigi kichik bir port edi va so’nggi 10 yil ichida tijorat, ko’ngil ochish va dam olish uchun asosiy markazga aylandi. Va Dubay Marina Dubayning yangi istiqbolli maydoniga aylandi.
Dubay Marina
Tumanning qurilishi 2003 yilda boshlangan va hozirda deyarli qurib bitkazilgan. Qurilish yakuni kelib Dubay Marina dunyodagi eng yirik sun’iy yaxtalar portiga aylanmoqda. Hozirda u AQShning Kaliforniya shtatidagi Marina del Reyni ortda qoldirmoqda. “Marina” so’zi “yaxtalar uchun port” degan ma’noni anglatadi. Barcha turar-joy majmualarida 120 minggacha aholi istiqomat qiladi. Aholi uchun barcha zarur infratuzilma – savdo markazlari, restoranlar, do’konlar, maishiy xizmatlar mavjud. Dubay Marina – Dubayning eng jozibali joylaridan biri. Obro’-e’tibor va elitizm nuqtai nazaridan u shahar markazidan (Burj Khalifa va Dubai Mall atrofidagi maydon) orqada, ammo uning xizmatlari jami jihatidan birinchi o’rinda turadi.
Dubay Marina – bu sun’iy ravishda yaratilgan ko’rfaz. Bu dunyodagi eng katta rejalashtirilgan ishlanmalardan biri hisoblanadi. Tuman o’z aholisi va mehmonlari uchun zamonaviy hamda barcha qulayliklarga ega bo’lgan suvdagi uylarda yashashni taqdim etadi. Dubay Marina Ko’rfazining mo’jizaviy ko’rinishi va musaffo dengiz havosi hech bir insonni befarq qoldirmaydi.
Qurilishning qiymati
Loyihaning aniq qiymati hali ham noma’lum, u hali hisoblab chiqilmagan, ammo qurilishning birinchi bosqichi – dastlabki olti minorali birinchi 10 gektar maydonni qurish qiymati 1,2 milliard AQSh dollariga teng. Hisob-kitoblarni amalga oshirish qiyin bo’ladi, chunki qurilish ham shaharning, ham xususiy kompaniyalarning mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan, ammo ekspertlarning hisob-kitoblariga ko’ra 15 milliard AQSh dollariga teng.
Maydoni atigi 4 kv. km. tashkil etadi. Kichik maydoniga qaramay, shahar allaqachon moda maskani sifatida shuhrat qozongan. Ushbu kichik maydonning kanal bo’yida ko’plab osmono’par binolar saf tortgan.
Dubayning eng elita hududidagi mehmonxonalarning aksariyati 5 * maqomiga ega, ularning 4 * va 3 * toifalari ham mavjud. Ular plyajdan bir oz uzoqlikda joylashgan, ammo piyoda yurilsa 15 daqiqalik yo’l hisoblanadi. Mehmonlar uchun, shuningdek, ko’p qavatli uylarda ham kvartiralar taklif etiladi.
Dubay Marina shahridagi eng hashamatli va qimmat mehmonxonalar:
- Ritz Carlton Dubai;
- Le Royal Meridien;
- Rixos Premium;
- Xilton Dubay Jumeira;
- DoubleTree By Hilton;
- Sheraton Jumeira.
U yerda eng arzon taom – bu mahalliy fastfud hisoblanadi. Savdo markazlaridagi restoranlarda Italiya va boshqa Yevropa oshxonalarini 10-15 dirhamga tatib ko’rishingiz mumkin. Dubayda saytlar orqali oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish qulayroq va bu arzonroq ham bo’lib chiqadi. Dubayda transport muammosiz ishlaydi, uning yordami bilan istalgan hududga va barcha diqqatga sazovor joylarga borishingiz mumkin.
Dubay Marinada – plyajdagi maqoqli hordiq olish, xaridlar qilish, ovqatlanish, kanal bo’ylab sayohatlar uyushtirish va Bulardan tashqari, girroplanda uchish va instruktor bilan parashyutda sakrash imkoniyati mavjud. Skydive Dubai parashyut markazida siz parashyutdan sakrashingiz mumkin. Va parvozingiz vaqtida siz Palm Jumeirahning ajoyib manzaralariga guvoh bo’lasiz!
Tumanning turli qismlarida 40 dan ortiq turli toifadagi mehmonxonalar mavjud. Ko’p kvartiralar sayyohlarga ijaraga beriladi. Dubay Marina tumanida sayyohlarga kvartira va turar joy uchun takliflar soni 1000 variantdan ancha yuqori. Bu yerda dam olishning ajoyib plyuslari va minuslari bor, keling ular haqida batafsil gaplashamiz!
Ijobiy tomonlari
Birinchi plyus – bu mehmonxonalarning ajoyib tanlovidir. Dubay Marina-da bir kecha uchun 60-80 dollarga turar joyning o’nlab variantlari mavjud, bu o’rtacha o’zbek sayyohlari uchun juda qulay narx. Dubayning 4 yuzduzli mehmonxonalari ham O’zbekiston mehmonxonalariga nisbatan juda ham hashamdor bo’lib, hashamatli dam olishingiz uchun barcha qulayliklarga ega bo’ladi.
Ikkinchi plyus – bu mehmonxonalarning plyajdan va Dubay metrosidan ozgina piyoda yuradigan masofada joylashganligi. Dubayga sayohatda siz odatda mehmonxona tanlashingiz kerak bo’ladi. Mehmonxonalar arzon va qirg’oq yaqinidagi mehmonxonalarga ajraladi. Agar arzon mehmonxona tanlasangiz, plyajga taksida yoki metroda borasiz. Agar qirg’oq yaqinidagi mehmonxonani tanlasangiz u yerning narxlar juda qmmat bo’ladi. Dubay Marina zonasida plyajdan 15 daqiqali piyoda yuriladigan uzoqlikda arzon mehmonxonalar mavjud.
Uchinchi plyus shundaki, mahalliy JBR plyaji BAAning eng yaxshi joylaridan biri sifatida tan olingan. Agar u Yevropada bo’lganida, albatta “ko’k bayroq” ga loyiq deb topilgan bo’lardi. Dengizning tozaligi, kiyim almashtirish xonalari va hojatxonalar, hammasi toza va ozodaligi insonni quvontiradi. Plyaj yaqin atrofida ko’plab kafe va barlar mavjud.
To’rtinchi plyus – transportning mukammal qulayligi. Dubay Marina shahridagi istalgan mehmonxonadan yoki turar joydan siz metro stantsiyasiga maksimal 20 daqiqa yurasiz. Bundan tashqari, siz shaharning har qanday diqqatga sazovor joylariga tez va arzon narxlarda yetib borishingiz mumkin.
Beshinchi plyus – bu hududning yaxshi rivojlangan infratuzilmasi. Dubay Marina o’zining yirik savdo markaziga, kinoteatrlariga, yuzlab restoran va ovqatlanish joylariga, bolalar o’yin maydonchalariga, do’konlarga ega. Arzon oziq-ovqat do’konlaridan tortib zamonaviy kiyim-kechak butiklariga barchasi mavjud.
Salbit tomonlari
Birinchi minus – hamma narsa qimmat. Siz qachondir shezlonni sotib olsa bo’ladigan narxda shezlonga bir kun uchun ijara to’laganmisiz? Dubay Marina-da shezlon uchun kunlik ijaraga olish 110 dirxam turadi! Do’konlar, kafelar va mehmonxonalardagi xizmatlarning narxi Deyra yoki Bur-Dubaynikidan 1,5-2 baravar yuqori.
Ikkinchi minus – aeroportdan uzoqda. Butun shahar bo’ylab metroda yurishingiz kerak va undan ham yomoni, parvozdan so’nggi charchagan holatingizda.
Manzilingizga taksi orqali borishingiz uchun 75-100 dirxam ketadi. Ammo taksida borish uchun taxminan bir soat vaqt ketadi (agar tirbandliklar bo’lsa, unda ikki soat), bu parvozdan keyin charchagan holatda hech kim uchun yoqimli emasligi aniq.
Uchinchi minus – haftaning oxiri “ta’tildan chiqarib yuborildi”. Birlashgan Arab Amirliklarida dam olish kunlari juma va shanba kunlari bo’lib, ushbu kunlarni plyajda o’tkazgan ma’qul, chunki savdo markazlari odamlarga to’lib toshadi va diqqatga sazovor joylarda ham odamlar juda ko’p bo’ladi. Ammo JBR plyajida dam olish kunlari tasavvur qilib bo’lmaydigan bir jihati bor bo’lib, bu yer hafta oxirida tom ma’noda gavjum bo’lmaydi.
To’rtinchi minus – bu mehmonxona siyosati. Dubay Marina shahridagi har bir mehmonxonaning o’z xizmatlarini turistlarga qanday sotish haqida o’z fikrlari va g’oyalari mavjud. Ba’zi mehmonxonalar faqat turoperatorlar bilan ishlaydi, ularni Internet orqali bron qilish mumkin emas. Ba’zilar, aksincha, turoperatorlar bilan umuman ishlamaydi, ya’ni siz bunday mehmonxonaga tur sotib olmaysiz. Ba’zilari esa faqat ma’lum saytlar bilan ishlaydi. Shunday qilib, bu yerda sayohatni sotib olish yoki bron qilish – bu haqiqiy sarguzasht va bu juda yoqimsiz!))
Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)
Comment (0)