“KOSONSOY” sanatoriyasi – iqlimiy va balneologik sanatoriya bo’lib, u Namangan viloyatining Chotqol tog’ tizmalari etagida, Kosonsoy daryosi bo’yida joylashgan. Iqlimi: yozda havoning o’rtacha harorati +20, +24, qishda esa -1,+1 daraja o’rtasida. Havoning nisbiy namligi yozda 40 foiz, qishda 60 foizni tashkil etadi.
Sanatoriya yurak-qon tomir, harakat-tayanch, oshqozon-ichak, a’zolari va asab tizimi kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni davolash uchun mo’ljallangan.
Asosiy davolash omillari: musaffo havoli tog’ iqlimi va tarkibi sulfat-xlorid-gidrokarbonad-natriyli, tabiiy madanli suvidir. Shifobaxsh suv ichish yo’li bilan hamda mineral vannalar qabul qilish yo’li bilan bemorlarni davolashda qo’llaniladi.
Kosonsoy sanatoriyasi davolanuvchilari shifobaxsh balchiq, uqalash, fizioterapiya, parafin-ozokerit, fitoterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi va parhez ovqatlanish usullari bilan davolanadilar. Bemorlarga tashxis qo’yishda va ularni davolashda hozirgi zamon talablariga javob beruvchi zamonaviy uskunalar, hamda klinik bioximik laboratoriya, shuningdek ginekolog, stomatolog, nevropatolog, kardiolog va yana boshqa bir qator mutaxassislar faoliyat ko’rsatadilar.
Bemorlar yuqori malakali shifokorlar tomonidan davolanadilar. Sihatgohning samimiy tibbiyot hodimlari mijozlar uchun beminnat xizmat ko’rsatishadi. Sanatoriyaning malakali oshpazlari bemorlar uchun oshxonada doimo lazzatli taomlar va shirin parhez taomlar tayyorlaydilar.
Bemorlarning yotoq xonalari juda shinam bo’lib, ular uchun kerak bo’ladigan barcha qulayliklar bilan ta’minlangan. Bir va ikki kishilik xonalardan iborat. Madaniyat saroyi, kutubxona, sport maydonchalari doimo dam oluvchilar xizmatida bo’ladi. Talablarga binoan ekskusiyalar ham uyushtiriladi.
Kosonsoy sanatoriyasi mijozlari uchun eslatmalar!
– Sanatoriyada davolanish uchun kurort kartasini rasmiylashtirish kerak. Agar bemorda sanatoriy-kurort kartasi bo’lmasa, uni sanatoriyada pullik ravishda berish mumkin.
– Sanatoriya chet el fuqarolari uchun ro’yxatdan o’tishni amalga oshiradi!
– Kosonsoy sanatoriyasi yo’llanmasi kamida 10 kun uchun beriladi.
– O’zbekiston sanatoriyalarida bolalar 4 yoshdan qabul qilinadi.
Tuman haqida qisqacha
Kosonsoy tumani 1926 yilning 26 sentyabrida tashkil topgan. Tuman Farg’ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan bơlib, shimolda Qirg’iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Ala-buqa tumani bilan, sharqdan Namangan viloyati Yangiqurg’on tumani bilan, G’arbdan Chust tumani bilan va janubda Namangan shahri va To’raqo’rg’on tumanlari bilan chegaradosh bo’lib, Qirg’iziston Respublikasi bilan umumiy chegara uzunligi 47,5 km. Shundan 16 km tog’lik, 22 km tekislik va 9 km ekin maydonlaridan iborat. Kosonsoy tumani markazi Kosonsoy shahri hisoblanadi.
Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)
Comment (0)