Fayzli va shifobaxsh sanatoriya – “Baxmal” sanatoriyasi Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Turkiston tizmasining etagida joylashgan bo‘lib, mamlakatimizning eng go‘zal va maftunkor joylaridan biri hisoblanadi. Zomin sanatoriyasi bilan Baxmal sanatoriyasi bitta tog’ tizmasida ya’ni Turkiston tog’ tizmasida joylashgan.

“Baxmal” oromgohi nafas olish a’zolari kasalliklari (tuberkulyoz kasalligi etiologiyalaridan tashqari), bronxial astma, turli etiologiyadagi allergiyalar, asab tizimi va xarakat-tayanch a’zolari kasalliklariga chalingan dam oluvchilarni sog‘lomlashtirish uchun ixtisoslashtirilgan.

“Baxmal” oromgohida tuz kamerasi, fitobochka, fizioterapiya, parafin ozokerit, davolovchi jismoniy tarbiya, piyoda yurib davolanish (terrenkur), uqalash va parhez bilan davolash keng ko‘llaniladi. Oromgohda kutubxona, bar, bolalar uchun o‘yin atraksionlari, sport va bolalar maydonchalari mavjud.

Shuningdek, sanitariya va gigiyenani saqlash uchun barcha sharoitlar mavjud. Dam olish va davolanish uchun bu yerga nafaqat O‘zbekistonning chekka hududlaridan, balki chet elliklar ham kelishadi va bu yerdagi muolajalarni oladilar. Shuningdek, toza havo va atrofdagi g‘ayrioddiy tabiatdan zavq oladilar.

Baxmal sanatoriyasi narxlari 3 mahal ovqat va muolajalarni o‘z ichiga oladi.

Va shuni ta’kidlab o‘tmoqchimiz-ki, sanatoriyaga borishda quyidagi narsalarni bilishingiz kerak:
– O‘zingiz bilan pasport va tug‘ilganlik guvohnomalarni olishni unutmang.
– Dam olish maskani hududida faqatgina UMS mobil aloqa operatori to‘lqini mavjud.
– Sanatoriya xududida spirtli ichimlik iste’mol qilish taqiqlangan.

Sanatoriyada davolanuvchilar mussaffo tog‘ havosidan bahra olish bilan birga u yerdagi betakror go‘zal tog‘ manzaralarini tomosha qilib sayr qilishlari mumkin. Mijozlar tinchlik va osudalikda maroq bilan hordiq chiqaradilar. Sanatoriyaning yotoqxonalari shinam va ozoda bo‘lib, ular barcha qulayliklarga ega.
Baxmal sanatoriyasi davolash diagnostika asbob-uskunalari, texnologiyalari va dam olish sohasidagi jihozlar va materiallar butunlay zamonaviylashtirilgan.
Bemorlar yuqori malakali shifokorlar tomonidan davolanadilar. Sihatgohning samimiy tibbiyot hodimlari mijozlar uchun beminnat xizmat ko‘rsatishadi. Sanatoriyaning malakali oshpazlari bemorlar uchun oshxonada doimo lazzatli taomlar va shirin parhez taomlar tayyorlaydilar.

Mijozlar yuqori malakali shifokorlar tomonidan davolanadilar. Sihatgohning samimiy tibbiyot hodimlari mijozlar uchun beminnat xizmat ko’rsatishadi.

Baxmal” sanatoriyasi yo’llanma narxi o’z ichiga:

– Yotoqxona;
– Kuniga 3 mahal ovqatlanish;
– Davolanish muolajalarini oladi.

Eslatma!

– Sanatoriyada davolanish uchun kurort kartasini rasmiylashtirish kerak. Agar bemorda sanatoriy-kurort kartasi bo’lmasa, uni sanatoriyada pullik ravishda berish mumkin.
– Sanatoriya chet el fuqarolari uchun ro’yxatdan o’tishni amalga oshiradi!
– Baxmal sanatoriyasi yo’llanmasi kamida 10 kun uchun beriladi.
– O’zbekistonning sanatoriylarida bolalar 4 yoshida qabul qilinadi.

Mijozlar yuqori malakali shifokorlar tomonidan davolanadilar. Sihatgohning samimiy tibbiyot hodimlari mijozlar uchun beminnat xizmat ko’rsatishadi.


Biz bilan bog’lanish uchun:
 +998903261137 (Telegram)