Bizning o‘zbeklarda sayohat qilish mentaliteti mavjud emas. Andijon aholisiga nisbatan o‘z qarindoshlarimdan nisbat qilsam, Andijon ahlining 10 foizi ham Buxoro va Samarqandni borib ko‘rmagan.

Asli Dubayu Turkiya ham qochib ketgani yo‘q. Bu davlatlarga sayohat qilish uchun millioner bo‘lish ham shart emas: shunchaki istak va ozgina mablag‘ bo‘lsa bo‘lgani. Misol uchun Toshkent-Dubay-Toshkent biletini 262 dollarga, Toshkent-Istanbul-Toshkent biletini 324 dollarga avvalroqdan arzonroq vaqtlar uchun sotib olish mumkin. www.skyscanner.net vebsayti arzon biletlar topish uchun ayni muddao.

HD wallpaper: Khalifa Tower, Dubai, Best hotels, tourism, travel, resort | Wallpaper Flare

Turar-joy masalasini xostellarda juda arzon narxda (kuniga 5-10 dollarga) topish bemalol mumkin. Albatta, xostelda o‘zingiz kuydirib-pishirishingiz, shaharlarni aylanishda jamoat transportidan arzongarov foydalanishingiz mumkin.

Ochig‘i sayohat qilish uchun birlamchi mablag‘ emas, balki, istak-xohish yetmaydi bizda. Tan olavering!

Biz o‘zbeklar mentalitetimizni o‘zgartirishimiz lozim. Dunyo juda go‘zal – ishonavering!

Xotin hafa qilsa, jimgina bir haftaga Turkiya yoki Dubayga qochib yuboraverishingiz mumkin! ????????????

 

Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)