Biz o‘zbeklarda sayohat qilish mentaliteti mavjud emas, afsuski. Aslida, chin dildan istagan ko‘ngilga hatto dunyo bo‘ylab sayohat qilish ham juda arzonga tushadi. Qanday qilib deysizmi? Sizga arzon sayohat bo‘yicha quyidagi ajoyib usullarni berib o‘tamiz.
1. Arzon sayohat qiluvchilar davlatlar ichida uzoq masofalarni bosib o‘tmoqchi bo‘lsalar, misol uchun viloyatlar o‘rtasidagi masofalarda, odatda “hitch-hiking” dan foydalanadilar. O‘zbekcha aytganda, bu shunchaki “Tog‘a, meni mashinangizda hamroh sifatida olib keting, xorijlikman, ammo pulim yo‘q yoki oz” mazmunidagi murojaat. Olib ketuvchilar, albatta, topiladi!
2. Odatda ba’zi turistlar tunash uchun bepul tanlov sifatida cherkov va masjidlarni tanlashadi. Bundan tashqari, biror mamlakatga tashrif buyurishdan avval ma’lum saytlar orqali boshqa mamlakatlardan uyida bepul tunab qolish uchun do‘stlar topish ham asta udumga aylanmoqda. Sen kelsang, men joy beraman, sen menga joy ber tamoyili. Xorijiy mamlakatlarda parklarda palatkalar tikib bepul tunash varianti ham bor!
3. Ovqatlanishga kelsak, ba’zi aqlli turistlar qayerda qanday arzon mahsulotlar xarid qilish mumkinligini bilishadi. Masalan, juda ko‘p supermarketlar dunyo soat kechki 11 dan keyin ba’zi oziq-ovqat va meva-sabzavotlar uchun katta chegirmalar e’lon qilishadi. Sababi, bu supermarketlar ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarini ertasi kuni sotmaydilar.
4. Muzey va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirishda mablag‘ tejashda o‘sha joylarning haftaning ma’lum kunlariga mo‘ljallangan “Ochiq eshiklar kunlari”ni rejaga kiritish kifoya.
Qarang, qancha imkoniyat! Bizni o‘zbekka kelsak, yoshlarimiz hatto velo-turlar uyushtirishni ham yoki bilmaydilar yoki istamaydilar. Qishloqcha aytganda, belga yoki velosiped bagajiga yeguliklarni tugib, Andijonni Marxamatidan Marg‘ilonga qarab veloturlar tashkil etish muammo emas, qimmat ham emas.
Essiz yoshligim!
Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)
Comment (0)