Turistik sayohat!

Tekinga sayohat qilish! Aytilishdan imkonsizdek tuyuladi, ammo buning haqiqatdan ham imkoni bor. “Qanday qilib?” deysizmi? U holda, maqolamizni to’la o’qib chiqing.

Ko’pchilikka ma’lumki, BAA (Dubay), Turkiya, Misr va Gruziya davlatlarida har turli sohadagi yurtdoshlarimiz talaygina. Ularning aksariyati O’zbekiston va o’sha chet davlatlari o’rtasida savdo-sotiqqa oid yoki boshqa turdagi bizneslarni yo’lga qo’yganlar.

Misol uchun, siz BAA (Dubay)ga turistik sayohat uchun o’rtacha bir haftaga 500$ (bilet, transfer, yashash va ovqatlanish) sarflaysiz. Dubayga uchishda odatda sizga 27 kg (20+7 kg) yuk olishga vakolat (Fly Dubai) bor. Odatda, siz Dubayga bir necha kun yoki 1 haftaga sayohat uchun tashrif buyurganingizda ko’p buyum shart bo’lmaganligi tufayli, siz Toshkent-Dubay-Toshkent yo’nalishida o’zingiz uchun ajratilgan yuk vakolatini “pullashingiz” mumkin bo’ladi.

Odatda yurtdoshlarimiz Toshkentdan Dubayga guruch, qulupnay, non kabi jo’natmalar, Dubaydan Toshkentga esa keng turdagi elektronika mahsulotlari jo’natadilar. Dubaydan Toshkentga yuk egasi telefon uchun 10$, kompyuter uchun 20$ ga to’lashga tayyor va sizga bu kabi texnikalardan bir donadan olishga ruxsat etilgan. Bundan tashqari, umumiy turdagi mahsulotlarning har kilogramiga 5$ dan to’lanadi. Masalan 20 kg guruchni olib borib, siz 100$ pul ishlasangiz bo’ladi. Qaytishingizda 20 kg lik boshqa turdagi mahsulot bilan qaytsangiz yana 100$ pul ishlaysiz. Qarabsizki, sayohatingiz uchun sarflangan summaning 200$ ini shu orqali chiqarib olasiz. Agar boshqalarning yukini olishni istamagan holatingizda ham o’zingiz va oila a’zolaringiz uchun O’zbekiston bozoridan ancha arzon narxlarda mahsulotlar sotib olishingiz mumkin.

Jo’natma yuborishni istovchilarni toppish uchun siz telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlardan ma’lum shaharda yashovchi o’zbekistonliklar guruhlarini topishingiz va o’sha yerda o’zingiz haqida ma’lumot joylashingiz zarur bo’ladi.

Xullasi, ham sayohat, ham tijorat! Olg’a!

Biz bilan bog’lanish uchun: +998903261137 (Telegram)